Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi ikki shaxs qo‘lga tushdi

Qidiruvdagi ikki shaxs qo‘lga tushdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent hududida jinoyat sodir etishda gumonlanib qidirilayotgan ikki nafar noma’lum shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

«Yunusobod tumanida sodir etilgan jinoyatda aloqadorlikda gumon qilinayotgan 2 nafar fuqaroning shaxsi aniqlanib, ushlandilar. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ularning qayerdaligini aniqlashda yordam bergan va ushbu holatga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildiramiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring