Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston bayrog‘i dizayni o‘zgarishi kutilmoqda

Qirg‘iziston bayrog‘i dizayni o‘zgarishi kutilmoqda

Qirg‘iziston bayrog‘ining yangi talqini

Foto: Qirg‘iziston parlamenti

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitasi respublika bayrog‘i dizaynidagi o‘zgartirishni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda Jo‘qorg‘u Kenesh saytida xabar berildi.

Qabul qilingan hujjat davlat bayrog‘i dizaynini qisman o‘zgartirishni nazarda tutadi. Qonun loyihasi tashabbuskorlaridan biri, deputat Ulan Primovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgarishdan so‘ng bayroqdagi to‘lqinsimon nurlar «quyosh nurlarini yaqqol eslatuvchi» shaklga ega bo‘ladi.

Qirg‘izistonning amaldagi davlat bayrog‘i

Qirg‘iziston mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatning amaldagi bayrog‘ini ishlab chiqishda ishtirok etgan mualliflar bayroqning yangi talqinini ishlab chiqishga jalb qilingani aytilmoqda.

Ayrim deputatlar ushbu masala bo‘yicha referendum o‘tkazilishini ilgari surishgan, biroq qonun loyihasi tashabbuskorlari bundan 32 yil avval davlat bayrog‘i referendumda emas, parlament tomonidan tasdiqlanganini eslatib, ularning taklifini rad etishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring