Qirg‘iziston sement importiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

Qirg‘iziston hukumati sement importiga joriy etilgan taqiqni bekor qildi.
Bu qaror 50 kilogrammli bir qop sement narxi 380 somdan 600 somgacha oshgan sharoitda qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu taqiq 2024-yil aprelida ichki bozorni muhofaza qilish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgandi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, taqiqni bekor qilish orqali hukumat bozorda raqobatni kuchaytirish, mahsulot tanqisligining oldini olish va narxlarni barqarorlashtirishni ko‘zlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter