Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston chegarasida yana mojaro. Bu safar o‘q ham uzilgan

Qirg‘iziston chegarasida yana mojaro. Bu safar o‘q ham uzilgan

Foto: novosti.kg

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yana qurolli kelishmovchilik bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati xabar berib o‘tgan.

Xabar qilinishicha, bugun tunda, 2 iyundan 3 iyunga o‘tar kechasi Botkent tumanining Eki-Tash hududidan o‘tgan chegarada o‘qotar qurol ishlatilgan. Tojikiston tomonidan noma’lum shaxslar Qirg‘iziston fuqarosining mashinasi tomon ov qurolidan o‘q uzgan.

Bu vaqtda qirg‘izistonlik erkak O‘sh-Isfana yo‘lida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. U yaralandi va ayni vaqtda kasalxonada davolanmoqda.

Hodisa joyida militsiya xodimlari ish olib boryapti. Chegara xizmati tomonidan xabar qilinishicha, hozirgi vaqtda vaziyat barqaror.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring