Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston hukumati bug‘doy va un eksportini taqiqladi

Qirg‘iziston hukumati bug‘doy va un eksportini taqiqladi

Qirg‘iziston hukumati mamlakatdan ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib chiqish (eksport)ni vaqtinchalik taqiqlashga doir qarorni qabul qildi.

Unga ko‘ra, olti oy davomida bug‘doy uni va donini eksport qilish taqiqlanadi. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan ushbu hujjat matnida ushbu cheklov mamlakat Konstitutsiyaviy qonunining 13, 17-moddalariga, shuningdek, 2014-yil 29-maydagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaning 29, 47-moddalariga asosan, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ularning bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingani aytiladi.

Hujjat bugun, 25-sentyabrdan e’tiboran kuchga kirdi.

Cheklov qayta eksport qilish, tranzit ko‘rinishida olib o‘tish hamda Qirg‘iziston tomonidan ko‘rsatiladigan gumanitar yordamlarga taalluqli emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring