Qirg‘iziston hukumati raqamli somni muomalaga kiritmoqchi

Qirg‘iziston prezidenti «Qirg‘iziston Respublikasining Milliy banki to‘g‘risida»gi mamlakat konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartishlar kiritishga doir qonunni imzoladi.
Konstitutsiyaviy qonunning maqsadi – milliy raqamli valyuta – «raqamli som» prototipining pilot loyihasini ishga tushirish, shuningdek, huquqiy asos va uning maqomini yaratishdan iborat.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, raqamli somning operatori bo‘lgan Qirg‘iziston Milliy bankiga raqamli som emissiyasi bo‘yicha mutlaq huquq ham beriladi.
Ya’ni, Konstitutsiyaviy qonun Qirg‘iziston Milliy bankiga raqamli somni chiqarish va muomalaga kiritish tartibini belgilash, shuningdek, raqamli som platformasini tashkil etish hamda faoliyatini ta’minlash bo‘yicha mutlaq huquqqa ega ekanligi to‘g‘risidagi normani nazarda tutadi.
Xabarlarga ko‘ra, raqamli som 2027 yildan muomalaga chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter