Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston internetga davlat monopoliyasini joriy etyapti

Qirg‘iziston internetga davlat monopoliyasini joriy etyapti

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 15-avgustdan mamlakatda internetga davlat monopoliyasini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Bunda davlatga tegishli bo‘lgan «ElKat» MChJ yagona internet-operatorga aylanadi. Ya’ni, mamlakatdagi boshqa barcha internet-operatorlar mazkur hujjat bilan ikki oy muddatda amaldagi shartnomalarini «ElKat»ga o‘tkazishlari shart.

Ta’kidlanishicha, bu chora vaqtinchalik bo‘lib, «test rejimi» 2025-yilning 15-avgustidan 2026-yilning 14-avgustiga qadar davom etadi.

Ayni vaqtda farmonda «xalqaro internet-trafikni yetkazib berish va ta’minlash» bo‘yicha davlat monopoliyasi haqidagi ibora keng qo‘llanilgan.

O‘z navbatida, Sadir Japarov «jamiyatning axloqiy qadriyatlarini himoya qilishga» qaratilgan chora sifatida porno saytlarni taqiqlovchi qonunni ham imzolagan.

Qonunga ko‘ra, internet-provayderlar va sayt egalari nazorat organlari so‘rovidan keyin 24 soat ichida pornografik xususiyatdagi elementlarni o‘z ichiga olgan kontentni o‘chirib tashlashi shart bo‘ladi.

Manba: 24.kg

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring