Qirg‘iziston prezidenti Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
Qirg‘iziston prezidenti qirg‘iz bokschisi Munarbek Seyitbek uuluga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovga «Treker» sovg‘a qildi.
«Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qo‘llab-quvvatlab, birdamlik va do‘stona munosabatlarni namoyon etayotganini butun dunyo ko‘rdi. Sport tinchlik elchisi deb ataladi. O‘z misolingiz bilan o‘zaro totuvlikni mustahkamlashga hissa qo‘shdingiz. Birligimiz yanada mustahkamlanishini tilayman», — dedi Sadir Japarov.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekstonlik murabbiy sekundantlik qilgan qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter