Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida yana mojaro bo‘lib o‘tdi

Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi Tash-Tumshuq qishlog‘idan o‘tgan Tojikiston bilan chegarada mojaro bo‘lib o‘tdi.
Xabar qilinishicha, tojikistonliklar chegaradagi bahsli hududga asfalt yotqizish ishlarini boshlab yuborishgan. Qirg‘iziston chegarachilarining ogohlantirishiga qaramay, yo‘l qurilishi ishlari to‘xtatilmagan. Aksincha, tojikistonliklar qirg‘iz chegarachilariga tosh ota boshlagach, havoga ogohlantiruvchi o‘q uzilgan.
Mojaro oqibatida har ikki tomondan ham jabrlanganlar yo‘q. Internetda janjal tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Videoda har ikki tomondan erkaklar baland ovozda bahslashgani tasvirlangan. Shuningdek chegarachilar, politsiya va vaziyatni barqarorlashtirish uchun kelgan mahalliy hokimiyat vakillari ko‘rinadi.
Qirg‘iziston tomoni xabar qilishicha, muzokaralardan so‘ng chegaradagi vaziyat barqarorlashgan. Asfalt yotqizish ishlari esa to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir oy muqaddam Tojikistonning Vorux va Qirg‘izistonning Aksay qishlog‘i aholisi o‘rtasida kelishmovchilik natijasida chegaradagi vaziyat keskinlashgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter