Qirg‘iziston MXQ ikki o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) O‘sh viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yil 17-aprel kuni o‘tkazilgan tadbirda ikki kishi qo‘lga olindi.
Ular O‘zbekiston hududida taqiqda bo‘lgan «Tavhid va jihod katabasi» terrorchilik tashkilotining Istanbul bo‘linmasiga a’zolikda gumonlanmoqda.
Qo‘shni davlat MXDQ bergan ma’lumotga ko‘ra, M.Z. hamda M.F. Qirg‘izistonga noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelgan va soxta hujjatlar tayyorlatib, mamlakatdan chiqib ketishni rejalashtirgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
M.Z. vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter