Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, 24-avgust (Toshkent vaqti bilan) soat 01:33 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 39,82 daraja shimoliy kenglik; 71,39 daraja sharqiy uzunlik.
Magnituda M = 4,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 244 km janubi-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi va masofasi:
- So‘x tumani — 2-3 ball, 37 km.
- Farg‘ona tumani — 2 ball, 61 km.
- Rishton tumani — 2 ball, 62 km.
- Farg‘ona shahri — 2 ball, 71 km.
- Quvasoy shahri — 2 ball, 72 km.
- Oltiariq tumani — 2 ball, 72 km.
- O‘zbekiston tumani — 2 ball, 73 km.
- Bag‘dod tumani — 2 ball, 76 km.
- Marg‘ilon shahri — 2 ball, 76 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter