Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonning Jalolobod shahri nomi o‘zgardi

Qirg‘izistonning Jalolobod shahri nomi o‘zgardi

Foto: Yestravel

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 17-sentyabr kuni Jalolobod viloyatining Jalolobod shahrini Manas shahri deb qayta nomlash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Qonun mamlakat Jogorku Keneshi tomonidan 2025-yil 10-sentyabrda qabul qilingan edi. Maqsad — milliy mafkurani mustahkamlash, Jalolobod shahriga xalq qahramoni, qirg‘iz xalqini turli bosqinchiliklardan himoya qilgan Manas nomini berib abadiylashtirishdir, deyiladi xabarda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun: Jalolobod — Qirg‘izistonning aholisi soni bo‘yicha uchinchi shahri: 184 ming kishi yashaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring