Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirolning kuyovi o‘z joniga qasd qildi

Qirolning kuyovi o‘z joniga qasd qildi

Foto: «AFP»

Norvegiyalik yozuvchi, rassom va Norvegiya malikasi Marta Luizaning sobiq turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandning otasi Ari Ben 47 yoshida o‘z joniga qasd qildi, deya xabar berdi «NRK» teleradiokompaniyasi.

— Biz, Ari Benning eng yaqin kishilari u bugun o‘z joniga qasd qilganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz. Shaxsiy hayotimizni hurmat qilishlarini so‘raymiz, — deya yozuvchi yaqinlarining so‘zlarini keltiradi telekompaniya.

Norvegiya qiroli va qirolichasi o‘z hamdardligini bildirdi.

Ari Ben va malika Marta Luiza 2002-yili turmush qurishib, oradan 14 yil o‘tgach ajrashishgan. Ularning uch nafar qizi bor. Marta Luiza Norvegiya taxtiga akasi va uning ikki farzandidan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda turadi. Ben bir qancha romanlar, pesalar va qisqa hikoyalardan iborat to‘plamlar muallifi sifatida mashhur bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring