Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi» loyiha ofisi tashkil etiladi

«Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi» loyiha ofisi tashkil etiladi

Joriy yil 20-iyundagi PQ-227-son Prezident qarori bilan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, davlat muassasasi shaklida «Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi» loyiha ofisi tashkil etiladi.

Loyiha ofisi har oyda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Loyiha ofisi tomonidan:

  • 2024-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish va eksport ulushini oshirish uchun Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos bo‘lgan 3 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etish choralari ko‘riladi.
  • 2024/2025 o‘quv yilidan agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini, pedagoglarining malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari faoliyatini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi takomillashtiriladi;
  • Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim yo‘nalishlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Loyiha ofisiga tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish huquqi beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring