Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi vaziriga to‘rtta yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziriga to‘rtta yangi o‘rinbosar tayinlandi

15 sentyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida Prezident administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi vaziriga to‘rt nafar o‘rinbosar tayinlandi.

Jumladan, Ro‘zmetov Maksud Ismailovich Qishloq xo‘jaligi vazirining Yerlardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar;

Xodjayev Saidkamol Saidkarimovich Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar - Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i;

Mirzayev Shuhrat Shaxabutdinovich vazirning Moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari;

Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosar - Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori etib tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring