Qizaloqlarning qulog‘idan ziraklarini yulib olgan ayol ushlandi
Andijon shahrida 2020-yilning 26-noyabr kuni soat 12:30 larda fuqaro 26 yoshli Zulfiyaxon I. maktab o‘quvchilari – voyaga yetmagan 8 yoshli Rayyona Sh. va 7 yoshli Zarina A.larning yolg‘iz kelayotganligidan foydalanib, ularning qulog‘idan 2 juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Zulfiyaxon I. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020-yilning 27-noyabr kuni soat 13:00 larda Andijon shahar A.Temurshoh ko‘chasida maktab o‘quvchisi – voyaga yetmagan 9 yoshli Munisa N. ni qulog‘idan bir juft ziraklarini yechib olgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida gumon qilinuvchi Zulfiyaxon I.dan jabrlanuvchilar – Rayyona Sh. va Zarina A.larga tegishli bo‘lgan sirg‘alar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Zulfiyaxon I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter