Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizlarimiz jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi

Qizlarimiz jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi

Koreyaning Pyongchang shahrida stol tennisi bo‘yicha jamoaviy 26-Osiyo chempionati davom etmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi minimal vazifani bajarib, 2024 yilda Koreyaning Pusan shahrida o‘tkaziladigan jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Sportchilarimiz guruh bosqichida Shri-Lankani 3:0, Filippinni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi. Biroq chorak finalga chiqish o‘yinida Qozog‘iston terma jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

Qizlarimiz chempionat yakunlariga ko‘ra 10-o‘rinni egallashdi. Ushbu natija stol tennischi qizlarimiz uchun JCh yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘ldi. 

2024 yilgi jahon chempionati 16-25 fevral kunlari o‘tkaziladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring