Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘l telefoni yordamida hisobvaraqlaridan to‘lov qilish imkoniyati yaratiladi

Qo‘l telefoni yordamida hisobvaraqlaridan to‘lov qilish imkoniyati yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-noyabrdagi «O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–359-son qarori bilan Markaziy bankka bir qator moliyaviy instrumentlarni joriy etish topshirildi.

Jumladan, 2026-yilning fevraliga qadar Markaziy bankning to‘lov tizimida jismoniy shaxslar uchun mobil raqamdan foydalangan holda ularning bank hisobvaraqlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalar xizmati joriy qilinadi. Regulyatorning Tezkor to‘lovlar tizimida jismoniy shaxslar o‘rtasida «P2P» o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati ishlab chiqiladi va to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga Open API ko‘rinishida taqdim etiladi.

Chakana bank xizmatlari va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatni rag‘batlantirish maqsadida majburiy mijozlar auditoriyasidan voz kechgan holda foydalanuvchilarga bank kartasini ochishda imkoniyatlar yaratiladi. Bunda fuqarolarga o‘z maoshini oladigan bankini yoki elektron hamyon provayderini tanlash huquqi beriladi.

Shuningdek, «Ochiq banking» (Open banking) tizimi joriy etiladi. Mazkur tizim banklar, to‘lov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozorining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida xavfsiz va standartlashgan ma’lumot almashinuvini ta’minlashi zarur.

Shu bilan birga, universal QR-kod joriy etiladi. QR-kodlar orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona standartlari tatbiq qilinadi.

Manba: lex.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring