Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonunga zid ravishda tadbirkorlik qilayotgan amaldorlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Qonunga zid ravishda tadbirkorlik qilayotgan amaldorlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida qonun va qonunosti hujjatlariga zid ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan 6 nafar mansabdor aniqlandi.

Bu haqda agentlik rasmiy saytida ma’lum qilindi. 

1. Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov «Total Oil» MChJ;

2. «Axborotlashtirish Bosh markazi» DUK rahbari D.Sarixodjayev «Musammo» MChJ;

3. Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi S.Nosirova «Sabina Issiq Nonlari 777» va «Ko‘mir Sanoati» MChJlar;

4. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi U.Fayziyev «Zarafshan Golden Group» va «Zarafshon Grand Invest» MChJlar, «G‘ani Bobo Chorvasi» fermer xo‘jaligi;

5. Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi A.Sayfutdinov «Sanico Group» va «Uv-Maks» MChJlar;

6. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi rahbari B.Sharipov «Karomat Oyijon-Surxon» fermer xo‘jaligida ta’sischi sifatida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha mazkur davlat organlari va ularning yuqori turuvchi idoralariga Antikorrupsiya agentligi tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilgan. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga barham berilishi, ya’ni mansabdor shaxslarning tadbirkorlik sub’yektlaridagi faoliyati tugatilishi choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring