Qonunni hatlab baliq ovlagan vazir jarimaga tortilishi mumkin

Britaniya tashqi ishlar vaziri qonunni buzib baliq ovlagani uchun jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar berdi Sky News.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi va AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens tegishli litsenziyasiz baliq ovlashga borishgan. Qonunni hatlab o‘tganini payqagan vazirning o‘zi bu haqda Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligiga xabar bergan (respekt).
Angliya va Uelsda chuchuk suvlarda baliq tutish uchun 13 yoshda ruxsatnoma olish shart. Shu hujjatsiz baliq tutganlarga 2 500 funt sterlinggacha jarima solinadi.
«Kentdagi qarorgoh hududidagi ovda Lemmining qarmog‘iga bironta ham baliq ilinmadi», — deb qo‘shimcha qildi telekanal.
Yaqinda chexiyalik ovchi uch metrli laqqa tutgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter