Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan holda yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilib, muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov ma’lum qildi.

«Prezidentimizning Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qarorida Agentlik zimmasiga «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan holda yangi tahrirdagi loyihani ishlab chiqish vazifasi topshirilgan edi.

Agentlik mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilib, axborot sohasidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini tayyorladi.

Barcha tahririyatlar, jurnalistlar, muassislar, mutaxassislar hamda axborot sohasiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni ushbu havola orqali loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirishga chorlab qolamiz. Bildirilgan barcha taklif va tavsiyalar Agentlik mutaxassislari tomonidan sinchiklab o‘rganib chiqiladi hamda inobatga olinadi», deb yozadi Dilshod Saidjonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring