Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda masjid imom-xatibi, uning turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi is gazidan vafot etgani aytilmoqda

Qo‘qonda masjid imom-xatibi, uning turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi is gazidan vafot etgani aytilmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi «Hazrati Abbos» jome masjidi imom-xatibi Saidkamolxon domla Mahmudovning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun 21 mart kuni Saidkamolxon domla Mahmudov, uning turmush o‘rtog‘i va uch nafar voyaga yetmagan farzandi o‘z xonadonida is gazidan zaharlanish natijasida olamdan o‘tgan.

Saidkamolxon domla 2014 yildan buyon «Hazrati Abbos»  masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Janoza namozi bugun 21 mart kuni soat 20:30 da marhumning xonadoni (Qo‘qon shahar Muqimiy shaharchasi Sangzor ko‘chasi)da o‘qiladi.

«Xabar.uz» jamoasi marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring