Qo‘qonlik deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qo‘qonda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020-yil 28-mart kuni Qo‘qon shahar, A.T.Xuqandiy mavzesida yashovchi X.N. (1979-y.t., xususiy korxona rahbari, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati) Respublika Maxsus komissiyasining karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, «Telegram» ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan guruhlar a’zolariga Qo‘qon shahrida 2 nafar shaxsda «Koronavirus» kasalligi aniqlanganligi va ular karantinga olinganligi haqida jonli tarzda audio yozuvi orqali haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan uydirma va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 31.03.2020 yil kuni X.N.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter