«Qora bozor»da bir dollarni 8450 so‘mdan narxlab sotayotgan «valyutachilar» ushlandi

Toshkentda 7900 AQSh dollarini 66,7 mln so‘mga noqonuniy ravishda sotgan ikki shaxs qo‘lga olindi.
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Mirzo-Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va U.lar har bir AQSh dollarini «qora bozor» narxida 8450 so‘mdan hisoblab, 7.900 AQSh dollarini 66,7 mln so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar. Ulardan 7900 AQSh dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar B. va U.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter