Qorako‘lda ITga ixtisoslashgan universitet ochiladi
Buxoro viloyati Qorako‘l tumani «Xo‘jalar» mahalla fuqarolari yig‘ini Buxoro ko‘chasi hududida IT xizmatlari eksportiga ixtisoslashtirilgan Qorako‘l IT-klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
IT-klaster hududida Hindistonning «Acharya Institutes» bilan hamkorlikda «Acharya University of Uzbekistan» oliygohi tashkil etiladi.
Belgilanishicha, IT-klaster tarkibidagi universitetda ta’lim faoliyati 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni o‘qitish grant va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
O‘qitish kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy shakllarda olib borilishi ko‘zda tutilgan.
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan «Acharya Institutes» (Hindiston)ning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Shuningdek, IT-klaster hududida 1300 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turarjoyi, 15 o‘rinli mehmonxona, 100 o‘rinli inkubatsiya markazi va 50 o‘rinli masofaviy xizmatlar eksporti markazi, oshxona hamda ochiq va yopiq turdagi sport komplekslarni qurilishi qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter