Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston sobiq IIV vazirining Jo‘qorg‘i kengesga rais etib saylanishi kutilmoqda

Qoraqalpog‘iston sobiq IIV vazirining Jo‘qorg‘i kengesga rais etib saylanishi kutilmoqda

Bir muddat avval O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi. Davlat rahbari Jo‘qorg‘i kengesning navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etadi.

Xabar.uz manbalariga ko‘ra, bugun Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i kengesi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Kenges raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Murat Kamalov o‘rniga boshqa rais saylanishi kutilmoqda.

Asosiy nomzod sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, sobiq QIIV vaziri Amanbay Orinbayev nomzodi ko‘rsatilmoqda.

Amanbay Orinbayev kuni kecha Jo‘qorg‘i kengesning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozonib, deputat sifatida ro‘yxatga olingandi.

Ma’lumot uchun Murat Kamalov hozirgi lavozimida 2020-yilning oktyabr oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring