Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston va Toshkentda dorifurushlar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston va Toshkentda dorifurushlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mo‘ynoq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan J.B. fuqaro A.R.ga 140 ta kapsuladagi “MOLECULE PLUS” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan sotish maqsadida olib kelingan 6 turdagi jami 886 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Shu kabi, Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.I.ning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, undan 10 dona oq-qizil rangli kapsuladagi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Shundan so‘ng Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida davom etgan tadbirda J.I.ga 900 ming so‘m evaziga dori vositalarini yetkazib bergan fuqaro M.M.dan 10 dona oq-qizil rangli kapsula ko‘rinishdagi hamda “Karbaleks” nomli 5 dona dori vositasi va 900 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring