Qoraqalpog‘istonda 516 kishi qo‘lga olindi — Milliy gvardiya
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda holat davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendaturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarovning ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlanib, 516 kishi qo‘lga olingan.
Avvalroq Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ro‘y bergan tartibsizliklarda qurbon bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter