Qoraqalpog‘istonda tibbiyot xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Qo‘ng‘irot tumanida tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot texnigi M.O. fuqaro D.Ye.ning ishonchiga kirib, uni 2 500 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali mazkur tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, oldindan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter