Qoraqalpog‘istonda yana 3 kishi halok bo‘ldi – Bosh prokuratura
![Qoraqalpog‘istonda yana 3 kishi halok bo‘ldi – Bosh prokuratura](http://static.xabar.uz/crop/6/0/720_460_95_609870616.jpg)
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘y bergan voqealardan so‘ng ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lgan, kasalxonaga yotqizilgan fuqarolardan yana 3 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Hali yana 16 nafar fuqaro tibbiy muassasalarda qolmoqda.
Bu haqda AOKAda tashkil etilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Avvalroq Bosh prokuratura 18 kishi qurbon bo‘lgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter