Qoraqalpog‘istondagi dahshatli YTHda sakkiz kishi qurbon bo‘ldi
22-iyul kuni Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tuvchi «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneo‘» avtomobil yo‘lida Lacetti va Cobalt avtomobili o‘zaro to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Natiyjada Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi M. N va uning yo‘lovchisi, 1986-yil Qo‘ng‘irot tumanida yashagan A. B hamda Cobalt rusumli avtotransport haydovchisi U. D hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek Lacetti avtomobili yo‘lovchisi 1975-yil Qo‘ng‘irot tumanida yashagan, B. T hamda Cobalt rusumli transport vositasi yo‘lovchilari 1993-yil Mo‘ynoq tumanida yashagan T. A, 1997-yil Qo‘ng‘irot tumanida yashagan K.T, 1971-yil Mo‘ynoq tumanida yashagan K. K 1994-yil Qo‘ng‘irot tumanida yashagan S. R lar Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohati bilan yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohati oqibatida o‘ziga kelmasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter