Qo‘shiqlari eng ko‘p sotilgan san’atkorlar reytingi e’lon qilindi
Teylor Svift.
Teylor Svift 2025-yilda qo‘shiqlari eng ko‘p sotilgan san’atkor sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Xalqaro fonogramma ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (IFPI) ma’lum qildi.
Amerikalik xonanda ushbu maqomga oltinchi marta va qatorasiga to‘rtinchi yil sazovor bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinda — Janubiy Koreyaning Stray Kids pop-guruhi, uchinchi — rep-qo‘shiqchi Drake. Top-10 ga, shuningdek, The Weeknd, Bad Bunny, Kendrick Lamar, Morgan Wallen, Sabrina Carpenter, Billie Eilish va Lady Gaga kiritildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter