Qo‘shmachi ayolning kirdikorlari fosh etildi

Kuni kecha Koson tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Qashqadaryo viloyati IIB xabariga ko‘ra, bu tadbirlarda yana bir qo‘shmachining kirdikorlari fosh etilgan.
Tumanning «Nartibaland» mahallasida yashovchi uy bekasi D.F. «Tinchlik» mahallasida yashovchi X. M. va S.X.larning jinsiy aloqa qilishi uchun 100 ming ming so‘m evaziga yashash uyidan sharoit yaratib bergan.
Hozirda holat yuzasidan Koson tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chiroqchi tumanida ro‘yxatda turuvchi ayol 50 ming so‘m evaziga Qarshidagi uyidan begonalarga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter