Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shni mamlakat aholisi soni 10 millionga yetdi

Qo‘shni mamlakat aholisi soni 10 millionga yetdi

Qo‘shni Tojikiston aholisi soni 10 millionga yetdi.

«Xovar» axborot agentligi qayd etishicha, Tojikiston poytaxtining Dushanbe shahrida tug‘ilgan bola mamlakatning 10 millioninchi fuqarosiga aylangan. Qayd etilishicha, bolaga Firdavs deb ism qo‘yilgan. Otasi mehnat muhojiri, onasi uy bekasi.

Ta’kidlanishicha, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Dushanbe meri Rustam Emomali ushbu oilaga uch xonali xonadon kalitlarini topshirishgan.

Ma’lumot uchun, Tojikiston aholisi 1991 yil boshida qariyb 5,3 million kishini tashkil qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring