Qosim-Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qosim-Jo‘mart To‘qayev 3-4-aprel kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qozog‘iston prezidenti Samarqandda «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» sammitida ishtirok etadi va qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3-4-aprel kunlari Samarqand shahri «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitiga mezbonlik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter