Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘yliq bozorida telefon o‘g‘risi ushlandi

Qo‘yliq bozorida telefon o‘g‘risi ushlandi

Poytaxtimizda o‘g‘irlik qilib, yashirinishga uringan shaxs kuzatuv kameralari orqali aniqlandi va qo‘lga olindi.

Joriy yilning 15 iyun kuni soat taxminan 14:00 da Bektemir tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 40 yoshli fuqaro N.T.dan «Qo‘yliq ulgurji bozori»da noma’lum shaxs do‘konidan telefon apparatini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanligi to‘g‘risida ariza kelib tushdi.

Shundan so‘ng, voqea joyiga zudlik bilan mazkur hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari yetib borib, gumonlanuvchining shaxsi do‘konga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yozuvi orqali aniqlangan va u bozordan qochishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.

Qo‘lga olingan shaxs ichki ishlar organlariga olib borilib, shaxsi aniqlanganda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 38 yoshli X.R. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring