Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘yliqdagi gaz quvurini mashina urib yuborgani sabab avariya yuzaga keldi – «Hududgaz Poytaxt»

Qo‘yliqdagi gaz quvurini mashina urib yuborgani sabab avariya yuzaga keldi – «Hududgaz Poytaxt»

Toshkent shahar Mirobod tumani, Qo‘yliq massivida joylashgan gaz quvurini mashina urib yuborishi natijasida avariya yuzaga kelgan. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali ma’lum qilmoqda.

Natijada tumanning 8 ta ko‘p qavatli uylaridagi 220 ta xonadonlarda 2022-yil 10-oktyabr kuni soat 11:50 da gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi.

Hozirda avariyani bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.

«Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilardan uzr so‘raydi», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring