Qozog‘iston banki 176,4 mln AQSh dollariga Click aksiyalarini sotib oldi

Qozog‘istonning «Halyk Banki» Click’ning 49 foiz aksiyasini 176,4 mln AQSh dollariga sotib oldi. Shuningdek, o‘ziga tegishli bo‘lgan «Tenge Bank» AKning 49 foiz aksiyasini Click aksiyadorlariga 60,76 million dollarga sotdi.
Bu haqida London fond birjasi saytida ma’lum qilingan.
«Bitim tuzilishi ikki tomonning hozirgi huquqiy tuzilmalarini saqlab qolgan holda yaqin hamkorlikda ishlash imkoniyatini yaratadi», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Tenge Bank ham "Halyk Banki"ning sho‘’ba banki hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyodagi eng yirik moliyaviy guruh bo‘lgan «Halyk» 37,5 milliard AQSh dollaridan ortiq aktivlarga ega hisoblanadi. 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, «Halyk» kompaniyasining O‘zbekistonga kiritgan jami sarmoyalari taxminan 1,5 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.
Click esa O‘zbekistonning yetakchi to‘lov xizmatlari provayderi bo‘lib, 20 million foydalanuvchidan iborat mijozlar bazasi va raqamli innovatsiyalar bo‘yicha chuqur tajribaga ega fintech yetakchisi hisoblanadi.
Manba: londonstockexchange.com
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter