Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qozog‘iston barcha davlatlar hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi» — Qosim-Jo‘mart To‘qayev

«Qozog‘iston barcha davlatlar hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi» — Qosim-Jo‘mart To‘qayev

Bugungi kunda Turkiy davlatlar tashkilotining roli sezilarli darajada oshdi. Biz qudratli va nufuzli kuchga aylanishimiz kerak. Barcha chorlov va tahdidlarga birgalikda qarshi turish uchun birdamlik ko‘rsatishimiz kerak, — dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari sammitida.

Shuningdek, u Turkiy mamlakatlar venchur fondini tashkil etishni taklif qildi.

«Astana Hub xalqaro texnoparki negizida Turkiy davlatlar tashkilotining Raqamlashtirish markazini tashkil etishni taklif qilaman. Ushbu tuzilma savdo, transport, suv resurslaridan foydalanish, axborot xavfsizligi va boshqa muhim tarmoqlar uchun juda zarur bo‘lgan raqamli yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Ushbu tashabbusni samarali amalga oshirish uchun muhim startap loyihalarga sarmoya jalb etadigan Turkiy mamlakatlar venchur fondini tashkil etishni taklif qilaman», dedi Qozog‘iston rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring