Qozog‘iston koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkaza boshladi

Qozog‘istonlik olimlar koronavirusga qarshi o‘zlari ishlab chiqqan vaksinani klinikadan oldingi sinovlarini boshladilar. Bu haqda 18-may, dushanba kuni «NUR.KZ» xabar berdi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) olimlarning ishini ro‘yxatga oldi va uni vaksinaga nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi.
Vaksina ustida biologik xavfsizlik muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ishlamoqda. U kasallikni yuqtirgan qozog‘istonliklardan olingan virus shtammi asosida yaratildi.
18-mayda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 6440 kishida koronavirus qayd etilgan. Bemorlarning yarmi tuzaldi. Kasallik eng ko‘p kuzatilgan Olmaota shahrida keyingi hafta savdo markazlari, restoran va mehmonxonalar ochilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter