Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidenti koronavirusni yuqtirgan vazirni ishdan bo‘shatdi

Qozog‘iston prezidenti koronavirusni yuqtirgan vazirni ishdan bo‘shatdi

Foto: «RIA Novosti»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga chalinib, muolaja olayotgan Yeljan Birtanovni sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Birtanov 14-iyun kuni koronavirusga chalinganini va shu sababli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilganini ma’lum qilgandi.

«Davlat rahbarining qarori bilan Birtanov Yeljan Amantayevich Qozog‘iston respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qozog‘iston prezidentining yana bir farmoni bilan ilgari vazir o‘rinbosari bo‘lgan Aleksey Soy sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring