Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik shartnomasi tuzildi

Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik shartnomasi tuzildi

Dushanbeda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘kayev va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyoning ikki davlati o‘rtasida ittifoqchi davlat maqomini mustahkamlangan bitim tuzildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

«Ushbu tarixiy hujjat biz uchun yangi ufqlarni ochadi va ko‘p qirrali aloqalarni yanada kengaytirish uchun asos yaratadi», — deya Qozog‘iston prezidentining so‘zlarini keltiradi nashr. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon esa kelishuv imzolanishi ikki Markaziy Osiyo davlatining tub manfaatlariga javob berishini ta’kidladi.

Imzolangan kelishuv Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalarida o‘zaro yordamga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari qo‘shma infratuzilma va sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring