Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 80 mingdan oshdi

Qozog‘istonda sutka davomida koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 1740 ta yangi holat aniqlandi. Mamlakatda «COVID-19»ga chalinganlar jami soni 80 226 nafarga yetdi.
«Koronavirus infeksiyasini yuqtirish bo‘yicha 1740 ta yangi holat qayd etildi, shundan 924 nafari simptomli, 816 nafari simptomsiz tashuvchilar», — deyiladi mamlakat idoralararo komissiyasi axborotida.
Mamlakat ushbu kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha jahonda 27-o‘ringa ko‘tarildi, bir pog‘ona yuqorida esa bu kasallik birinchi bo‘lib tarqagan Xitoy (83 784 )turibdi.
Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 585 nafarga yetgan, bemorlarning 51 260 nafari sog‘aygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter