Qozog‘istonda ikki o‘zbekistonlik YTHga uchradi. Ulardan biri vafot etgan

Qozog‘istonning Aqto‘be-Astraxan trassasida ichida ikki o‘zbekistonlik ayol bo‘lgan Lada Largus avtomobili YTHga uchradi.
«Zakon.kz»ning yozishicha, YTH natijasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana bir nafari esa (yo‘lovchi) kasalxonaga yotqizilgan.
Xabarda aytilishicha, joriy yil 6-avgust kuni soat 06:00 atrofida Aqto‘be-Astraxan yo‘lining 284-kilometrida «Lada Largus» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgani 42 yoshli haydovchi yo‘lning yo‘l ishlari olib borilayotgan qismiga chiqib ketib, YTH sodir etgan, natijada avtomobil ag‘darilib ketgan.
Baxtsiz hodisa natijasida ikki nafar yo‘lovchi (O‘zbekiston fuqarolari) Bayganin tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Ulardan biri hushiga kelmay, shifoxonada vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter