Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda parlament saylovlari davom etmoqda

Qozog‘istonda parlament saylovlari davom etmoqda

Foto:«Inform.kz»

Bugun Qozog‘istonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Nur-Sulton vaqti bilan soat 07:00 dan boshlab 12 ta mintaqadagi 8141 saylov uchastkasi ochilgan.  Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy sayti xabar qildi.

Bundan tashqari, Qozog‘istonning 12 ta xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi 12 ta saylov uchastkalarida ovoz berish ham boshlandi.

Mamlakatning o‘zida 10060 saylov uchastkasi mavjud. Shu jumladan, Qozog‘iston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari joylashgan 53 mamlakatda ham ovoz berilmoqda.

Yana beshta mintaqa - Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston, Qizilo‘rda va Mangistau viloyatlarida saylov uchastkalari Nur-Sulton vaqti bilan soat 8: 00da ochila boshladi. Ovoz berish soat 20:00 gacha davom etadi, shundan so‘ng ovozlarni hisoblash boshlanadi.

Saylovning yakuniy natijalari bir hafta ichida - 2021 yil 17 yanvargacha  e’lon qilinadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring