Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda pedofillarni jazolashning og‘ir shakllari taklif etildi

Qozog‘istonda pedofillarni jazolashning og‘ir shakllari taklif etildi

Qozog‘iston Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida parlament deputati Asxat Ayamagambetov pedofillar uchun umrbod qamoq jazosi joriy etishni taklif qildi.

«Biz ham uzoq bahslashdik. Voyaga yetmaganlarni zo‘rlaganlik uchun umrbod qamoq jazosi standarti taklif qilinmoqda. Hech qanday muqobillarsiz... Xorijiy tajriba bor. Buni bizga olimlar ham taklif qilishgan. Qamoqdan ozod qilinadigan barcha pedofillar uchun, hatto shartli nazorat tugatilib, sudlanganliklari olib tashlanganidan keyin ham, biz ular umrining qolgan qismida probatsiya nazoratida bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz. Agar yashash joyi, ish joyi o‘zgarsa, hammasi tegishli organlar nazoratida bo‘lishi kerak», deydi Asxat Ayamagambetov.

So‘nggi vaqtlarda Qozog‘istonda bir necha dahshatli jinoyatlar sodir bo‘ldi — bolalar vahshiyliklar qurboni bo‘ldi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, faqat qonunlarni o‘zgartirish yetarli emas, ularning ijrosi ham ta’minlanishi kerak.

Qozog‘iston pedofillarni kimyoviy kastratsiya ko‘rinishidagi majburiy davolash tartibini ham taklif qilmoqda. Xususan, bu usulni jazo muddatini o‘tash davomida emas, balki ozod qilishdan oldin qo‘llash taklif etilgan. Biroq, bu masalada hali bir to‘xtamga kelingani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring