Qozog‘istonda qancha o‘zbekistonlik mehnat qilayotgani ma’lum bo‘ldi
Qozog‘iston mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi mamlakatga qaysi mamlakatlardan mehnat migrantlari kelib ishlayotganini ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, Qozog‘istonga mehnat migrantlari asosan to‘rt mamlakatdan kelmoqda:
- Xitoy — 4 123 kishi
- O‘zbekiston — 1 968 kishi
- Turkiya — 1 152 kishi
- Hindiston 1 114 kishi.
2024-yil 1-iyul holatiga, Qozog‘istonda ishlayotgan chet elliklar soni 14 049 nafarni tashkil etmoqda.
Ular asosan qurilish; qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari; ma’muriy va yordamchi xizmat; tog‘-kon sanoati va qayta ishlash sanoati yo‘nalishlarida faoliyat yuritmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter