Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda «qora beva» tarqalyapti: 6 kishi reanimatsiyaga yotqizilgan

Qozog‘istonda «qora beva» tarqalyapti: 6 kishi reanimatsiyaga yotqizilgan

Qozog‘istonda zaharli o‘rgimchaklar turiga kiruvchi qoraqurt («qora beva») o‘rgimchagining g‘ayrioddiy keng tarqalishi kuzatilyapti.

«Bu, ehtimol, qorakurtning juftlashish davri bilan bog‘liq», – deyiladi ayrim manbalarda.

Atirau viloyati hokimi matbuot xizmati qorakurt tarqalishi viloyatning qumli hududlarida kuzatilayotganini xabar qildi.

Tengrinews nashrining yozishicha, jumladan, Inder, Isatay va Kurmangazi tumanlarida xavfli hasharot chaqishidan zaharlanib, 6 kishi reanimatsiyaga yotqizilgan, ulardan ikki nafari bolalar.

Bundan tashqari, xavfli o‘rgimchak eng ko‘p tarqalgan Qozog‘istonning cho‘l hududlarida ikki yuzga yaqin tuya nobud bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring