Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda Ramazon oyi boshlanadigan kun rasman e’lon qilindi

Qozog‘istonda Ramazon oyi boshlanadigan kun rasman e’lon qilindi

Qozog‘iston Musulmonlari idorasi mamlakatda Ramazon oyi 23-martdan boshlanishi haqida rasman xabar berdi.

«Ramazon oyi Qozog‘istonda 23-mart kunidan boshlanadi», – deydi mamlakat muftiysi Naurizbay xoji Taganuli.

Rasmiy manbaga ko‘ra, Ramazon oyidagi Laylat ul-qadr kechasi 17-apreldan 18-aprelga o‘tar kechasi, Ramazon Hayiti bayrami esa 21-aprelga to‘g‘ri keladi.

Muftiy, shuningdek, joriy yilda fitr sadaqasi miqdorini 535 tenge (14-mart holatiga 13 385,26 so‘m) deb belgiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring