Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda Yangi yil bayrami kunlari kuchli qor va -38 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Qozog‘istonda Yangi yil bayrami kunlari kuchli qor va -38 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Foto: «Vesti.ru»

«Kazgidromet» Qozog‘istonda 29-31-dekabr kunlari qanday ob-havo hukm surishi haqida o‘z prognozini berdi.

Shu kunlari atmosfera jarayonlari keskin o‘zgarishi kutilyapti.

Avvaliga katta issiq va namlik zaxirasiga to‘yingan Atlantika sikloni ko‘p qor olib keladi, izg‘irinli shamol kuchayib, mamlakatning katta hududida qisqa muddatga havo harorati biroz ko‘tariladi.

Biroq 30-dekabrdan Arktikadan sovuq havo oqimining yopirilishi qor yog‘ishini sekin-asta pasaytirib, havo haroratini keskin tushirib yuboradi.

Qozog‘iston shimolida kechalari harorat 30-38 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda. Mamlakatning ayrim joylarini tuman qoplaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring